Guliston tumani, Dehqonobod shaharchasi, Turkiston koʼchasi, 13-uy

Dushanba - Juma, 9:00 - 18:00, Tushlik 13:00-14:00

Аxborot olish uchun soʼrovlarni qabul qilish tartibi

09/12/2022 - 17:54 177

Guliston tumani hokimligi faoliyati to'g'risidagi axborotni olish uchun so'rovlarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish va qayta ishlash tartibi to'g'risidagi

    1. Mazkur Yoʼriqnoma Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʼgʼrisida»gi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 6 noyabrdagi 320-son «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarini amalga oshirishga yoʼnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar koʼrish toʼgʼrisida»gi qaroriga muvofiq, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) faoliyati toʼgʼrisidagi axborotni olish uchun soʼrovlarni qabul qilish, roʼyxatdan oʼtkazish va qayta ishlash tartibini belgilaydi.
  1. 1-bob. Soʼrovlarni qabul qilish
    1. Davlat organlarining faoliyati toʼgʼrisida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.
      Davlat organlarining faoliyati toʼgʼrisida axborot olishga doir soʼrov (bundan buyon matnda soʼrov deb yuritiladi) axborotdan foydalanuvchining davlat organlari faoliyati toʼgʼrisida axborot taqdim etish haqida ushbu organlarga va (yoki) ularning mansabdor shaxslariga yoʼllanadigan ogʼzaki yoki yozma shakldagi (shu jumladan, elektron hujjat shaklidagi) talabidir. Axborotdan foydalanuvchi davlat organlariga ularning faoliyati toʼgʼrisida axborot olish uchun bevosita yoxud oʼz vakillari orqali soʼrov bilan murojaat etish huquqiga ega.
      Soʼrovlar «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida koʼrsatilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak. Yozma soʼrovda murojaat etuvchining elektron manzili koʼrsatilishi mumkin. Yozma soʼrovda elektron manzilning koʼrsatilganligi murojaat etuvchining soʼrovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga boʼlgan roziligidir.
      Soʼrovlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin. Quyidagilar soʼrov hisoblanmaydi:
      jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, shikoyat hamda takliflari;
      taqdim etilishining oʼziga xos xususiyatlari boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, davlat organlarining faoliyatiga taalluqli boʼlgan axborotning ayrim turlari;
      davlat organining boshqa organlarga ularning faoliyati toʼgʼrisidagi axborotni olishga doir soʼrovlari.
      Axborotdan foydalanuvchi tomonidan soʼralgan axborot qonunda belgilangan tartibda davlat sirlari yoki qonun bilan qoʼriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar jumlasiga kiritilgan boʼlsa, soʼrovda koʼrsatilgan axborotni taqdim etish rad etiladi va axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.
  2. 2-bob. Umumiy qoidalar
    1. Axborotdan foydalanuvchi Guliston tumani hokimligiga ogʼzaki yoki yozma shaklda yoxud elektron hujjat shaklida soʼrov bilan murojaat etishi mumkin. Bunda elektron hujjat shaklidagi soʼrovlar Guliston tumani hokimligining rasmiy veb-sayti, rasmiy elektron pochta manzili yoki Oʼzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi. Soʼrovlarni qabul qilish va roʼyxatdan oʼtkazilishini taʼminlash Guliston tumani hokimining qarori bilan belgilangan soʼrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʼlinma yoki masʼul xodim tomonidan amalga oshiriladi. Soʼrov pochta orqali kelib tushganda, soʼrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʼlinma yoki masʼul xodim tomonidan konvertda soʼrov mavjudligi tekshiriladi. Konvertda soʼrovning yoki soʼrovda koʼrsatilgan ilovalarning mavjud emasligi aniqlanganda, soʼrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʼlinma yoki masʼul xodim tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri (soʼrov va u yuborilgan konvert bilan birga) soʼrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʼlinma yoki masʼul xodimda qoladi, ikkinchisi kuzatuv xatiga ilova qilingan holda konvertda koʼrsatilgan manzil boʼyicha yuboriladi.
      Elektron hujjat shaklida soʼrov tushgan kunida qogʼozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom boʼlgandan keyin tushgan taqdirda esa - navbatdagi ish kunida qogʼozga bosib chiqarilishi kerak.
      Axborotdan foydalanuvchini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan maʼlumotlar koʼrsatilmagan soʼrov anonim hisoblanadi va koʼrib chiqilmaydi. Soʼrov anonim deb eʼtirof etilganda, bu haqda ijrochi (yoki ijrochilar) tomonidan xulosa tuziladi. Xulosada soʼrovni anonim deb eʼtirof etish uchun asoslar koʼrsatiladi. Soʼrovni anonim deb eʼtirof etish toʼgʼrisidagi xulosa soʼrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʼlinma yoki masʼul xodim tomonidan tasdiqlanadi hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan ijrodan olinadi.
      Avvalgi soʼrovlar boʼyicha yuborilgan javobdan norozilik bildirilgan, shuningdek agar takroriy soʼrov kelib tushgan paytda koʼrib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan boʼlsa, avvalgi soʼrov oʼz vaqtida koʼrib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir axborotdan foydalanuvchidan kelib tushgan soʼrov takroriy deb hisoblanadi.
      Takroriy soʼrovga u kelib tushgandan soʼng navbatdagi roʼyxat indeksi berilib, soʼrovlarni roʼyxatga olish jurnalida yoki elektron hujjat aylanish tizimida «takroriy» deb qayd etiladi.
      Aynan bir axborotdan foydalanuvchining soʼrovi nusxasi soʼrov dublikati hisoblanadi. Guliston tumani hokimligiga soʼrov dublikati (nusxasi) kelib tushgan hollarda, ushbu soʼrovga alohida tartib raqami berilmasdan, birinchi marta roʼyxatga olingan soʼrovning tartib raqami va undan soʼng bosh harfda «/D» belgisi hamda soʼrov kelib tushgan sana bilan qayd etiladi (masalan, soʼrov birinchi marta 2016 yil 10 martda 10-1-25 bilan roʼyxatga olingan boʼlib, soʼrov dublikati ham kelib tushganda, «2016 yil 10 mart, 10-1-25/D» kabi roʼyxatga olinadi).
  3. 3-bob. Soʼrovlarni roʼyxatdan oʼtkazish
    1. Soʼrov Guliston tumani hokimligiga kelib tushgandan soʼng, u soʼrovlar bilan ishlovchi tarkibiy boʼlinma yoki masʼul xodim tomonidan soʼrovlarni roʼyxatga olish jurnaliga yoki elektron hujjat aylanish tizimiga qayd etiladi. Soʼrovlarni roʼyxatga olish jurnali yoki elektron hujjat aylanish tizimida soʼrov qabul qilingan sana, soʼrovning tartib raqami, soʼrov bilan murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi (yuridik shaxslar uchun - yuridik shaxsning toʼliq firma nomi, uning joylashgan eri (pochta manzili) toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, soʼrovning qisqacha mohiyati, agar soʼrov dublikat yoki takroriy boʼlsa, uning dublikat yoki takroriyligi hamda soʼrov ijrosi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar koʼrsatiladi. Axborotdan foydalanuvchi oʼz soʼrovini u koʼrib chiqilgunga qadar va koʼrib chiqilayotgan vaqtda ariza berish orqali qaytarib olish huquqiga ega.

17:54 / 2022.12.09

177